Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

      O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (qisqacha – YAIDXP) – davlat xizmatlarini raqamli shaklda taqdim etish imkonini beruvchi onlayn platformadir. Portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlariga yagona kirish nuqtasi hisoblanadi.
     YAIDXP O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi doirasida, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da, 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoniga muvofiq yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom 2017 yil 15 sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 728-son qarori bilan tasdiqlangan.
    Yagona portalning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Portalning maqsad va vazifalari

- davlat xizmatlarini onlayn olish imkoniyatini ta’minlash;
- fuqarolar/biznesning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligining shaffofligi, qulayligi va samaradorligini oshirish;vaqtni qisqartirish,
- fuqarolar va tashkilotlar uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirish.
 

Portal foydalanuvchilari quyidagilar hisoblanadi:

  1. Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston fuqarolari soliq qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish, bolani bog‘chaga ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
  2. Yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) - biznes faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar: litsenziyalar, ruxsatnomalar, hisobotlar va boshqalar uchun ariza topshirishlari mumkin.
  3. O‘zbekistonda yashovchi yoki davlat organlari bilan hamkorlik qiluvchi chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish, O‘zbekiston Respublikasiga elektron viza olish uchun ariza topshirish va boshqalar.

Statistika

Portal samaradorligi statistikasi

11.6 mln

Foydalanuvchilar

775

Jami xizmatlar

565

Ulardan mobil ilovada

34 mln

Tashriflar
Foydalanuvchilar qoniqish darajasi

8%

Bounce rate (bir sahifalik tashriflar foizi)

420.1 ming

Sharhlar

84%

Qoniqish darajasi

308.2 ming

Shikoyatlar soni
Arizalar statistikasi

25.3 mln

Jami arizalar

20.7 mln

Ko'rib chiqilgan arizalar

1.6 mln

Ko'rib chiqish jarayonida

9%

Rad etilgan arizalar