Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (qisqacha — YAIDXP) — davlat xizmatlari raqamli shaklda taqdim etiladigan onlayn platforma hisoblanadi. U davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlariga yagona kirish nuqtasi vazifasini bajaradi.

YAIDXP O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillardagi beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi doirasida, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi № UP-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi № 728-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Yagona portal imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Portalning maqsad va vazifalari

davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

fuqarolar va biznes vakillarining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini qulaylashtirish, shaffofligi va samaradorligini oshirish;

fuqarolar hamda tashkilotlar uchun vaqt sarfi va xarajatlarni qisqartirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish.

Portal foydalanuvchilari quyidagilar hisoblanadi:

1. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Ular soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani olish, mehnat daftarchasidan rasmiy ko‘chirma yuritish, bolani maktabgacha taʼlim tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tkazish kabi davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishlari mumkin.
2. Yuridik shaxslar — korxonalar va tashkilotlar. Ular biznes faoliyatiga doir elektron xizmatlardan, jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, hisobotlarni taqdim etish hamda boshqa tegishli xizmatlardan foydalanish imkoniga ega.
3. O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi yoki davlat organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Ular vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish, O‘zbekiston Respublikasiga elektron viza olish uchun ariza yuborish hamda tegishli elektron xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Statistika

Portal samaradorligi statistikasi

11.6 mln

Foydalanuvchilar

775

Jami xizmatlar

565

Ulardan mobil ilovada

34 mln

Tashriflar
Foydalanuvchilar qoniqish darajasi

8%

Bounce rate (bir sahifalik tashriflar foizi)

420.1 ming

Sharhlar

84%

Qoniqish darajasi

308.2 ming

Shikoyatlar soni
Arizalar statistikasi

25.3 mln

Jami arizalar

20.7 mln

Ko'rib chiqilgan arizalar

1.6 mln

Ko'rib chiqish jarayonida

9%

Rad etilgan arizalar