Elektron hukumat doirasida ma’lumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi.
Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali tashkil etiladi.
Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.