Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri – davlat organlari tomonidan joriy etilgan va amalga oshirilayotgan axborot tizimlari va resurslarini markazlashtirilgan tarzda hisobga olish imkonini beruvchi axborot tizimidir.
Reyestrga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mita va agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat ulushi 50 va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining axborot tizimlari va resurslari kiritiladi.
Ushbu tizim davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari, maʼlumot bazalari va dasturiy texnologiyalarini hisobga olish, ularni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, reyestr mavjud tizimlar funksiyalarini takrorlovchi yangi axborot tizimlarini ishlab chiqishning oldini olishga xizmat qiladi.
Mazkur reyestr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyuldagi “Elektron hukumat tizimini yana-da rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining jamoatchilikka o‘z faoliyati to‘g‘risida elektron hisobot topshirish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 444-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan.
Yagona portal imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.