OneID tizimi — bu “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yagona axborot tizimi bo‘lib, u davlat organlari hamda nodavlat tashkilotlarning axborot tizimlariga oddiy va xavfsiz kirish imkonini beradi. U orqali turli davlat, ta’lim, bank, tijorat va boshqa xizmatlardan elektron interaktiv shaklda foydalanish mumkin.

Maqsadi

OneID tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari hamda nodavlat tashkilotlarning axborot tizimlariga ruxsat etilgan (sanksiyalangan) tarzda kirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. U turli identifikatsiya va autentifikatsiya usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi, jumladan:

login va parol;

elektron raqamli imzo;

mobil telefon raqami;

masofaviy biometrik identifikatsiya.

One ID’ni elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilish

One ID’ni elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilish barcha tegishli resurslarga kirish uchun bitta hisob yozuvidan foydalanish imkonini beradi. Siz One ID akkauntingiz orqali barcha xizmat va servislardan foydalanishingiz mumkin.
“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish hamda ‘Elektron hukumat’ tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Yagona identifikatsiya tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Statistika

11 948 192

Tizimdagi foydalanuvchilar

8 000

Kunda ro‘yxatdan o‘tadiganlar (o‘rtacha)

Biometrik identifikatsiya tizimi (MyID)

MyID — yuz orqali oddiy va xavfsiz biometrik identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan noyob vositadir. MyID jismoniy shaxslarning yuzining o‘ziga xos biometrik parametrlari asosida haqiqiy identifikatsiya va autentifikatsiyani ta’minlaydi hamda ularga bank va boshqa xizmatlardan masofaviy tarzda yoki bevosita (ochiq tartibda) foydalanish uchun ruxsat etilgan kirish imkonini beradi.

MyID’ning asosiy komponenti — maxsus loyihalangan va o‘qitilgan neyron tarmoq bo‘lib, u “jonlilikni aniqlash” (liveness detection) va tanib olish (recognition) kabi jarayonlarni bajaradi.

MyID tizimidan foydalanish mumkin bo‘lgan sohalar

Bank ishi va moliya. MyID Vision onlayn-banking, pul o‘tkazmalari va bankomatlardan naqd pul yechishda mijozlarni xavfsiz autentifikatsiya qilish uchun.
Chakana savdo. MyID Video Analytics do‘konda xaridorlar xulq-atvorini tahlil qilish, tovarlarni joylashtirishni optimallashtirish, takliflarni shaxsiylashtirish va o‘g‘irliklarning oldini olish uchun.
Kirishni nazorat qilish. MyID Vision ofis binolari, maktablar, universitetlar va davlat muassasalariga kirishni nazorat qilish uchun.
Sog‘liqni saqlash. MyID Vision bemorlarni identifikatsiya qilish va ularning elektron tibbiy kartalariga kirish imkonini berish uchun, bu xavfsizlik va maxfiylikni oshiradi.
Mehmonxona biznesi. MyID Vision mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga xonalarga kirish huquqini berish hamda xizmat ko‘rsatishni shaxsiylashtirish uchun.
Tadbirlar va ko‘ngilochar xizmatlar. MyID Palm tadbirlarga (konsertlar, sport o‘yinlari) tez va xavfsiz kirish uchun.
Transport. MyID Vision aeroportlar va vokzallarda yo‘lovchilarni identifikatsiya qilish uchun, bu ro‘yxatdan o‘tish va chiqish (boarding) jarayonini tezlashtiradi.
Davlat sektori. MyID Vision hujjatlarni rasmiylashtirish, saylovlarda ovoz berish, davlat xizmatlarini olish uchun — bu xavfsizlik darajasini oshiradi va firibgarlikning oldini oladi.

Biometrik identifikatsiya tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.

Statistika

130 mln.

Tizimdagi foydalanuvchilar

14 mln.

Foydalanuvchilar soni (butun dunyo bo‘yicha)

200

ulangan servislar

28

Tijorat banklari

17

To'lov tizimlari

16

Marketplays

6

Mobil operatorlari

24

Boshqa sohalardagi kompaniyalar

5

Davlat organlari