Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi - davlat xizmatlarini hamda boshqa xizmat va servislarni ko‘rsatish jarayonida olinadigan ayrim boj, yig‘im, to‘lov va jarimalar hisobini yurituvchi axborot tizimi. Yagona billing tizimi operatori - Yagona billing tizimining ishlashi, undan foydalanish, uni tashkiliy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi. |
Yagona billing tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
|
| Talabgorning axborot tizimlari va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qilish talabgor axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Yagona billing tizimiga “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi. |