O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (qisqacha – YAIDXP) – davlat xizmatlarini raqamli shaklda taqdim etish imkonini beruvchi onlayn platformadir. Portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlariga yagona kirish nuqtasi hisoblanadi.
YAIDXP O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi doirasida, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da, 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoniga muvofiq yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom 2017 yil 15 sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 728-son qarori bilan tasdiqlangan.
Yagona portalning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
- davlat xizmatlarini onlayn olish imkoniyatini ta’minlash;
- fuqarolar/biznesning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligining shaffofligi, qulayligi va samaradorligini oshirish;vaqtni qisqartirish,
- fuqarolar va tashkilotlar uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirish.