Yagona axborot tizimlari va resurslari reyestri — bu davlat organlari tomonidan joriy etilgan va amalga oshirilayotgan axborot tizimlari hamda resurslarini markazlashtirilgan hisobga olishga imkon beruvchi axborot tizimidir. Reyestrga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining axborot tizimlari va resurslari kiritilgan.

Tizim davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy texnologiyalarini hisobga olish, ularning ishlab chiqilishi va loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, reyestr mavjud funksiyalarni takrorlaydigan axborot tizimlarining ishlab chiqilishini oldini olishda yordam beradi.

Mazkur reyestr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga muvofiq yaratilgan bo‘lib, u elektron hukumat tizimini rivojlantirish va davlat organlari hamda tashkilotlar faoliyati bo‘yicha jamoatchilikka elektron hisobot berish tartibini joriy etishga qaratilgan.

Yagona portal imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Statistika:

785

pasport kiritilgan

114

pasport ko‘rib chiqilmoqda

528

pasport ko‘rib chiqilgan
Единый реестр информационных систем и ресурсов Цифрового правительства