“Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi - tijorat tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar tomonidan o‘z tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida mavjud ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar to‘plami.

Foydalanuvchilarning axborot tizimlarini Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash faqat himoyalangan VPN tarmog‘i orqali tashkil etiladi.

Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Raqamli ma’lumotlar platformasi yordamida amalga oshiriladi.

Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan axborot almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vazifalarini bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.

Foydalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning ishonchliligi, to‘liqligi hamda dolzarbligini ta’minlash sharti bilan ularni boshqa foydalanuvchilarga, davlat organlari va tashkilotlariga Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etishi mumkin.

Raqamli ma’lumotlarni platformaga ulash quyidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi:

1. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish

step icon 1-bosqich
user icon Foydalanuvchi
description icon Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.
time icon Xohishga koʻra
arrow icon
step icon 2-bosqich
user icon Operator
description icon Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanishni kelishadi.
time icon 7 ish kunida
arrow icon
step icon 3-bosqich
user icon Operator, foydalanuvchi
description icon Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yoʻriqnomani birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
time icon 7 ish kunida
arrow icon
step icon 4-bosqich
user icon Operator
description icon Foydalanuvchini Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash choralarini koʻradi.
time icon 5 ish kunida

Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi

step icon 1-bosqich
user icon Foydalanuvchi
description icon Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali veb-servis yordamida zarur maʼlumotni olish uchun soʻrov yuboradi.
time icon Xohishga koʻra
arrow icon
step icon 2-bosqich
user icon Operator
description icon Soʻrov tarkibining texnologik yoʻriqnomaga muvofiqligini tekshiradi va soʻrovni maʼlumot taqdim etuvchiga yuboradi.
time icon Avtomatik tarzda
arrow icon
step icon 3-bosqich
user icon Maʼlumot taqdim etuvchi
description icon Soʻrovga asosan maʼlumotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga yuboradi.
time icon Avtomatik tarzda
arrow icon
step icon 4-bosqich
user icon Operator
description icon Maʼlumot taqdim etuvchi tomonidan taqdim etilgan javobni (maʼlumotlarni) foydalanuvchiga yuboradi.
time icon Avtomatik tarzda