Umumiy qoidalar

Elektron hukumat doirasida ma’lumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi.

Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali tashkil etiladi. 

Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi. 

Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.

Idoralararo integratsion platformaga ulanish tartibi

1. Idoralararo integratsion platformaga ulanish tartibi

step icon 1-bosqich
user icon Foydalanuvchi
description icon Idoralararo integratsion platformaga ulanish uchun ariza to‘ldiradi va uni operatorga yuboradi.
time icon Ixtiyoriy
arrow icon
step icon 2-bosqich
user icon Operator
description icon Arizani belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi va Idoralararo integratsion platformaga ulanishni kelishadi.
time icon 7 ish kuni
arrow icon
step icon 3-bosqich
user icon Operator va foydalanuvchi
description icon Platformaga ulanish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi.
time icon 7 ish kuni
arrow icon
step icon 4-bosqich
user icon Operator
description icon Foydalanuvchini Idoralararo integratsion platformaga ulash choralarini ko‘radi.
time icon 5 ish kuni

2. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashish

step icon 1-bosqich
user icon Foydalanuvchi
description icon Idoralararo integratsion platforma orqali veb-xizmat yordamida zarur axborotni olish учун so‘rov yuboradi. Ixtiyoriy.
time icon Ixtiyoriy
arrow icon
step icon 2-bosqich
user icon Operator
description icon So‘rov mazmunini texnik talablarga muvofiqligini tekshiradi va so‘rovni axborot yetkazib beruvchiga yuboradi.
time icon 7 ish kuni
arrow icon
step icon 3-bosqich
user icon Operator va foydalanuvchi
description icon Axborot yetkazib beruvchi foydalanuvchiga javobni (foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni) yuboradi.
time icon 7 ish kuni
arrow icon
step icon 4-bosqich
user icon Operator
description icon
time icon 5 ish kuni