Bugun internetdan foydalaniş, onlayn tölovlarni amalga oşiriş va davlat xizmatlarini masofadan oliş kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ammo raqamli imkoniyatlar bilan birga internet-firibgarlik, şaxsiy ma’lumotlarning öğirlanişi va boşqa kiberxavflar ham ortib bormoqda.
Şu sababli noyabr oyi mamlakatimiz böylab “Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi” deb e’lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qarori ijrosi doirasida ötkazilayotgan oylikdan közlangan asosiy maqsad — aholining raqamli savodxonligini oşiriş, kibergigiyena könikmalarini şakllantiriş va internetdan xavfsiz foydalaniş madaniyatini rivojlantirişdir.
Kiberxavfsizlikka befarq bölmang!
Ma’lumotlarga köra, dunyodagi kiberhujumlarning 90 foizdan ortiği inson omili bilan boğliq. Bu şuni anglatadiki, oddiy ehtiyotsizlik — şubhali havolani bosiş, noma’lum şaxslarga SMS-kodni aytiş yoki işonçsiz manbalarga şaxsiy ma’lumotlarni kiritiş ham jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Bilimingizni oşiring va sertifikatga ega böling!
Oylik doirasida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan fuqarolar va mutaxassislar uçun maxsus öquv kursi taşkil etilgan.
Kurs davomida kiberxavfsizlik, internetdagi tahdidlardan himoyalaniş, şaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qiliş va kibergigiyenaga oid bilimlaringizni oşirişingiz mumkin.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, test sinovlaridan ötgan iştirokçilarga maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Kursda iştirok etiş uçun havola: https://security.cyberbilim.uz/
Yodda tuting:
Noma’lum havolalarni oçmang.
SMS orqali kelgan tasdiqlaş kodlarini heç kimga bermang.
Har bir akkaunt uçun murakkab va alohida parol yarating.
Ikki bosqiçli himoyani yoqing.
Şaxsiy ma’lumotlaringizni begona şaxslarga yubormang.
Raqamli dunyoda xavfsizlik, avvalo, özimizning bilimimiz va huşyorligimizdan boşlanadi.
Ogoh böling, bilimli böling va raqamli makonda xavfsiz yaşang!