«Braziliya kalkulyatori»: Lotin Amerikasidagi eng yirik mamlakatning raqamli saboqlari
2026-10-29 12:00

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) hisobotida Lotin Amerikasining eng yirik mamlakati bölmiş Braziliyaning raqamlaştiriş tajribasi tahlil qilindi.

Ekspertlar mamlakatning raqamli boşqaruvdagi yutuqlarini e’tirof etiş bilan birga, ma’lumotlar şaffofligi va sun’iy intellektni (SI) joriy etişdagi e’tirozli jihatlarni ham körsatib ötişgan.

E’tirof

IHTTning Raqamli hukumat indeksida (DGI) Braziliya 1 ballik tizimda 0,79 ball töplab, taşkilotga a’zo davlatlarning örtaça körsatkiçidan ança yuqori natija qayd etdi. Ayniqsa, foydalanuvçi manfaatlari ustuvorligi va xizmatlarni oldindan anglagan holda taklif etiş (proaktivlik) yönalişlarida körsatkiçlar yuqori. Biroq ekspertlar uşbu indeksni aholining qanoatlaniş darajasini bevosita ifodalovçi mezon deb hisoblamaslikni tavsiya qilişmoqda. Bu, eng avvalo, raqamli boşqaruv uçun yaratilgan siyosiy muhit va amaliy mexanizmlarning sifatini ifodalovçi körsatkiç.

Braziliya modelining boş ustunligi — davlat idoralarining axborot tizimlarini özaro jipslaştira olganida. Mamlakatda işga tuşirilgan Conecta GOV.BR platformasi davlat bazalari örtasida ma’lumotlarning avtomatik va xavfsiz almaşinuvini ta’minlaydi. Bunday yondaşuv turli taşkilotlarning bir xil ma’lumotni qayta-qayta yiğişiga çek qöyadi, iş jarayonini tezlaştiradi va byudjet mablağlarini tejaydi. Agar fuqaroning şaxsiga doir, oilaviy şaroiti yoki boşqa zarur ma’lumotlari allaqaçon qaysidir davlat organining bazasida mavjud bölsa, ularning boşqa idora tomonidan qayta talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Raqamli loyihalarga tikilayotgan sarmoya özini oqlayaptimi, degan savolga Braziliya rahbariyati aniq matematik hisob-kitoblar bilan javob berayotgani alohida e’tirofga loyiq. Masalan, tizimdagi «tejalgan mablağ kalkulyatori» xizmat elektron şaklga ötkazilişidan oldin va keyin davlat hamda fuqaro uçun qança xarajat talab etilayotganini taqqoslab, erişilgan sof iqtisodiy foydani hisoblaydi. Bu loyiha ança muvaffaqiyatli çiqdi: undan foydalanib har bir fuqaro öz vaqti va yöl xarajati qançalik tejalganini köra olsa, davlat idorasi öz zimmasidagi iş hajmi qay darajada yengillaşganini baholaydi. Uşbu şaffoflik byudjet mablağlarini yangi raqamli loyihalarga yönaltirişda eng töğri qarorlarni qabul qiliş imkonini bermoqda.

E’tiroz

Albatta, kamçiliklar ham yöq emas. Masalan, oçiq ma’lumotlar indeksida Braziliya yaxşi natija körsatgan bölsa-da, davlat tomonidan uşbu ma’lumotlardan qayta foydalanişni rağbatlantiriş darajasi ança past. Milliy ma’lumotlar katalogi yaratilgan, ammo ularning sifatini ta’minlaşning umumiy qoidalari hali töliq şakllanmagan. Idoralardagi ma’lumotlar bazasini audit qiliş işlari sust, axborotni boşqarişga mas’ul xodimlarning vakolatlari esa aniq belgilanmagan.

Sun’iy intellekt sohasida ham texnologik şiddat nazorat mexanizmidan, ya’ni insondan özib ketmoqda. IHTT tahlili körsatişiça, davlat sektorida qaror qabul qilişda qöllaniladigan SI vositalarining algoritmlari jamoatçilik uçun yopiq va ular ustidan nazorat qiliş imkoniyatlari çeklangan. Sun’iy intellekt ijtimoiy yordam beriş, arizalarni saralaş yoki xizmatlarni tezlaştirişda juda qöl keladi, biroq tizim xato qilsa, bunga kim javob berişi va fuqaro uşbu avtomatik qaror ustidan qay tartibda şikoyat qila olişi qonunan aniq belgilanişi şart.

Xulosalar

Braziliya modeli raqamlaştiriş sohasidagi bir neçta muhim qoidalarni kun tartibiga çiqaradi:

Birinçidan, «ma’lumot faqat bir marta söraladi» tamoyilini qat’iy joriy etiş va fuqaro davlat tizimlarida mavjud hujjatni qoğoz şaklida kötarib yurişiga butunlay çek qöyiş kerak.

Ikkinçidan, faqat foydalanuvçilar va xizmatlar sonini köpaytiriş emas, balki «raqamli kalkulyatorlar»ni ham loyihalar muvaffaqiyati ölçovi sifatida hayotga tatbiq etiş lozim. Aholi va byudjet qança vaqt hamda mablağ tejagani aniq raqamlarda aks etişi şart. Xalqaro ekspertlar aynan şu jihati uçun ham Braziliyadagi raqamlaştiriş islohotlarini yuqori baholaşdi.

Bundan taşqari, oçiq ma’lumotlar şunçaki saytda quruq turişi emas, balki doimiy yangilanişi va ularning biznes uçun amaliy qiymatga ega bölişini ta’minlaydigan Milliy freymvork zarur. Muhim xulosalardan yana biri — davlat boşqaruviga sun’iy intellekt şitob bilan kirib kelar ekan, fuqarolarning huquqlarini va ularning şaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini himoya qiliş hamda algoritmlar xatosi uçun javobgarlik mexanizmlarini oldindan qonuniy mustahkamlaş lozim böladi.

3014 просмотров
Дата изменения:2026-11-24 17:19