Umummilliy AI Hackathon endi Termizda!
2026-03-20 11:05
31 mart – 3 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi loyihalardan biri — "National AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichda iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘z jamoalari bilan birgalikda innovatsion SI-yechimlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

- Hakaton davomida ishtirokchilar real hayotiy vazifalar ustida ishlaydi, mentorlar ko‘magidan foydalanadi hamda ekspertlar tomonidan baholanadi. Eng yaxshi loyihalar esa keyingi bosqichlarda rivojlantiriladi.

- Ro‘yxatga olish 28 martgacha davom etadi va  faqat Surxondaryo viloyati yoshlari uchun ochiq.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: ai-hackathon.uz

 


 

46 просмотров
Дата изменения:2026-07-22 17:48