solution icon
“E-GAZ” avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Tizim nomi Suyultirilgan gaz iste’molchilarning hisob-kitobini yurituvchi avtomatlashtirilgan dastur; (E-Gaz) egaz.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Masofadan, 24/7 foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Jarayonlarning avtomatlashtirilganligi
  • advantage icon Maʼlumotlar xavfsizligi va ishonchliligi
  • advantage icon Boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyati
Loyiha haqida

Mazkur axborot tizimi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Tizim veb-platforma ko‘rinishida bo‘lib, foydalanuvchilar undan masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega.Tizimda foydalanuvchi rollari asosida kirish huquqlari belgilangan hamda axborot xavfsizligi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’minlanadi. Shuningdek, tizim boshqa davlat axborot tizimlari bilan integratsiyalashish imkoniyatiga ega

Tizimning maqsad va vazifalari

Suyultirilgan gazni yuklash, qabul qilish, saqlash va yetkazib berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash va qayta ishlashni ta’minlash

Loyihalashtirilgan tizimning statistik ma’lumotlari asosida, sotib olish, yetkazib berish, saqlash va uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

AT ichki operatsion foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, iste’molchilarga shaxsiy foydalanuvchi portali orqali o‘z hisob raqamlari ma’lumotlariga kirishni ta’minlaydi. Hisobni ro‘yxatdan o‘tkazish abonent bilan shartnoma imzolash bilan yakunlanadi. Avtorizatsiya ONE-ID tizimi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

Statistika

Oxirgi 3-5 yil uchun raqamlarda statistika (foydalanuvchilar soni 3 747 541, integratsiyalashgan tizimlar soni 4,operatsiyalar /tranzaksiyalarning umumiy hajm 5330 Gb, sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni).

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Suyultirilgan gaz olingan vaqt
  • opportunity icon Hisobida qancha mablag‘ qolgani
  • opportunity icon Suyultirilgan gazni kim tomonidan yetkazib berilgani
  • opportunity icon Iste’molchining umumiy ma’lumotlari va boshqa