Ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini faol qoʻllash, pensiya taʼminoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblash, aholi bandligi haqidagi shaffof va dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish.
Tizim maqsadlari:
Pensiya taʼminoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblash, aholi bandligi haqidagi shaffof va dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish.
Tizim vazifalari:
- ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
- ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan mavjud va yaratiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
- xodimning mehnat stajini hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asoslangan elektron mehnat daftarchasini shakllantirish va yuritish;
- aholi bandligini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlari holati va dinamikasi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish.
Foydalanuvchilar soni 13 millionga yaqin.
Ma’lumotlar bazalari integratsiya qilingan davlat idoralari:
Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Xalq banki, «O‘zarxiv» agentligi.