“E-auksion” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Tizim maqsadlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga asosan davlat mulki obyektlari va ijarasi, yer uchastkalari va boshqa turdagi mol-mulklarni sotish bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish
Tizim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga asosan davlat mulki obyektlari va ijarasi, yer uchastkalari va boshqa turdagi mol-mulklarni sotish bo‘yicha auksion va tanlov savdolarini tashkil etish
Onlayn ro’yxatdan o’tish;
Elektron hisobvaraq ochish;
Elektron hisobvaraq elektron tolov tizimlari orqali to’ldirish;
Real vaqt rejimida sotuv jarayonini kuzatib borish
Auksionlarda onlayn qatnashish;
Hujjatlarni elektron rasmiylashtirish
Barcga auksionlar – 21 mln
Foydalanuvchilar soni - 2.3mln,
Integratsiyalashgan tizimlar soni 15+,
Bir kunda sayt/portalga tashrif buyuruvchilar o‘rtacha soni-5000-15000 dona,