UzASBO axborot tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, jumladan:
UzASBO tizimi modul tamoyili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi, budjet ijrosi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shatnomalar, moliyaviy majburiyatlar hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish imkonini beradi
Tizim maqsadlari:
Budjet tashkilotlarida moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish
Davlat budjeti ijrosi, buxgalteriya hisobi, ish haqi va moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda yuritishni ta`minlash.
Hisob-kitoblarning yagona standartini joriy etish
Barcha budjet tashkilotlarida buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni yagona metodologiya va format asosida shakllantirish.
Davlat moliyasining shaffofligi va hisobdorligini oshirish
Budjet mablag`larining rejalashtirilishi va sarflanishi ustidan markazlashgan va uzluksiz nazoratni ta`minlash.
Inson omili va xatoliklarni kamaytirish
Avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar orqali qo`lda bajariladigan operatsiyalarni qisqartirish va moliyaviy xatoliklarning oldini olish.
Moliyaviy nazorat va monitoringni kuchaytirish
Vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida moliyaviy ko`rsatkichlarni kuzatish va tahlil qilish imkoniyatini yaratish.
Tezkor va asoslangan boshqaruv qarorlarini qo`llab-quvvatlash
Aggregatsiyalangan va detallashtirilgan ma`lumotlar asosida tahliliy axborotlarni shakllantirish.
Davlat axborot tizimlari bilan integratsiyani rivojlantirish
Boshqa axborot tizimlari bilan o`zaro integratsiya orqali ma`lumotlar almashinuvini ta`minlash va takroriy kiritishlarni kamaytirish.
Tizim vazifalari:
Budjet ijrosini yuritish
Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag`larning rejalashtirilishi, taqsimlanishi va ijrosini elektron shaklda yuritish.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini amaldagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq avtomatlashtirilgan tarzda yuritish.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni hisoblash
Xodimlarning ish haqi, ustamalar, mukofotlar, soliqlar va majburiy ajratmalarni avtomatik hisoblash va hisobga olish.
Moliyaviy majburiyatlar va shartnomalarni hisobga olish
Shartnomalar, moliyaviy majburiyatlar va to`lov hujjatlarini yuritish hamda ularning ijrosini nazorat qilish.
Moliyaviy va budjet hisobotlarini shakllantirish
Belgilangan shakl va muddatlarda moliyaviy, budjet va statistik hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish.
Moliyaviy monitoring va nazoratni ta`minlash
Budjet mablag`laridan foydalanish ustidan real vaqt rejimida monitoring va tahlil mexanizmlarini amalga oshirish.
Ma`lumotlarni markazlashgan holda saqlash va qayta ishlash
Barcha budjet tashkilotlarining moliyaviy ma`lumotlarini yagona markaziy bazada jamlash va qayta ishlash.
Davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilish
Soliq, g`aznachilik, statistika va boshqa davlat axborot tizimlari bilan o`zaro ma`lumot almashinuvini taminlash.
Axborot xavfsizligini ta`minlash
Foydalanuvchilar rollari va huquqlari asosida tizimga kirishni boshqarish hamda ma`lumotlar yaxlitligi va maxfiyligini ta`minlash.
Hozirda
Foydalanuvchilar soni 110 000 ta
Tashkilotlar soni - 29 324