ATTO — bu jamoat transportida elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi markazlashgan avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, u bank kartalari, maxsus transport kartalari, QR-kod va mobil ilovalar orqali to‘lovni taʼminlaydi. Tizim validatorlar, markaziy billing platformasi va analitik modullardan iborat.
Tizim maqsadlari:
Jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovni to‘liq joriy etish va ommalashtirish;
Yo‘l haqi tushumlarining shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash;
Yo‘lovchilar oqimini hisobga olish va tahlil qilish;
Imtiyozli yo‘lovchilar hisobini yuritish;
Shahar jamoat transportini boshqarishni maʼlumotlarga asoslangan holda takomillashtirish;
Transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish.
Tizim vazifalari:
Elektron to‘lovlarni qabul qilish;
Yo‘lovchilar statistikasini yig‘ish;
Har bir marshrut bo‘yicha daromadni hisoblash;
Transport harakatini onlayn kuzatish;
Hisobot va analitika tayyorlash.
Respublikaning 14 viloyatidagi 25 ta shaharlarida joriy qilingan;
4200 dan ziyod validatorlar o‘rnatilgan;
Naqdsiz to‘lov ulushi 98 %ni tashkil etmoqda