solution icon
Davlat subsidiyalari, kompensatsiyalari va grantlari to'g'risida ma'lumot olish va ariza berish uchun yagona portal (Subsidiya MF)
Subsidiya, kompensatsiya va grant mablag‘larini ajratish, nazorat qilish hamda ularning samaradorligini monitoring qilish jarayonlarini yagona axborot tizimi orqali shaffof, tezkor va samarali tashkil etishdan iborat. subsidiya.imv.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Subsidiya va grant mablag‘larini boshqarish jarayonini avtomatlashtiradi.
  • advantage icon Ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini oshiradi.
  • advantage icon Arizalar va hisobotlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartiradi.
  • advantage icon Ortiqcha byurokratiyani kamaytiradi.
  • advantage icon Mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydi.
Loyiha haqida

Subsidiya, kompensatsiya va grant mablag‘larini ajratish hamda nazorat qilish jarayonlarini raqamli shaklda boshqarishga mo‘ljallangan axborot platformasidir. Tizim arizalarni elektron qabul qilish, ularni tekshirish, qaror qabul qilish, moliyalashtirish va natijalarni monitoring qilish bosqichlarini yagona muhitda amalga oshiradi. Ma’lumotlarning markazlashuvi jarayon shaffofligini oshiradi, tahliliy hisobotlarni shakllantirishni osonlashtiradi hamda mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish imkonini beradi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:

1.      Subsidiya, kompensatsiya va grant mablag‘larini ajratish jarayonlarini raqamlashtirish
2.      Arizalarni elektron shaklda qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish
3.      Mablag‘lar taqsimoti ustidan shaffof nazoratni ta’minlash
4.      Ma’lumotlarni yagona bazada jamlash va tizimli yuritish
5.      Tahliliy hisobotlar shakllantirish orqali boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash
6.      Mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini monitoring qilish.
7.      Jarayonlarda inson omili va ortiqcha byurokratiyani kamaytirish

Tizim vazifalari:
1.      Subsidiya, kompensatsiya va grant bo‘yicha arizalarni elektron shaklda qabul qilish va ro‘yxatga olish
2.      Arizalarni belgilangan mezonlar asosida tekshirish va ekspertiza jarayonlarini tashkil etish
3.      Qaror qabul qilish hamda mablag‘ ajratish jarayonlarini avtomatlashtirish
4.      Ajratilgan mablag‘lar harakati va maqsadli sarflanishini monitoring qilish
5.      Ma’lumotlarni yagona bazada saqlash va ularning ishonchliligini ta’minlash
6.      Statistik, tahliliy va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish
7.      Foydalanuvchilar faoliyatini nazorat qilish va audit ma’lumotlarini yuritish
 
Tizim xavfsizligi hamda ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash

Statistika

191 817 ta jismoniy shaxs arizasidan atigi 237 tasi (0,1%) tasdiqlangan bo'lib, eng ko'p murojaatlar qishloq xo'jaligi va bandlikni ta'minlash sohalariga to'g'ri keladi. 2 959 615 ta yuridik shaxs arizasining qariyb 88% (2 615 721 tasi) uy-joy bilan bog'liq bo'lib, barcha sohalar bo'yicha tasdiqlash darajasi juda past — 0,5% dan kam. Turizm, geologiya va neft-gaz kompleksi sohalarida esa hech qanday faoliyat qayd etilmagan.

Ro‘yxatdan o‘tish

ONEID orqali
ERI orqali amalga oshiriladi
Login va Parol
 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Subsidiya, kompensatsiya va grant bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish va ro‘yxatga olish
  • opportunity icon Arizalarni avtomatik tekshirish, tasdiqlash yoki rad etish jarayonlarini boshqarish
  • opportunity icon Mablag‘ ajratish, hisobga olish va ularning harakatini monitoring qilish
  • opportunity icon Ariza holatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati
  • opportunity icon Statistik, moliyaviy va tahliliy hisobotlarni shakllantirish
  • opportunity icon Hududlar, yo‘nalishlar va vaqt kesimida ma’lumotlarni tahlil qilish
  • opportunity icon Foydalanuvchilar rollari va kirish huquqlarini boshqarish
  • opportunity icon Ma’lumotlar xavfsizligi hamda audit nazoratini ta’minlash