solution icon
“TOMCHI” mobil ilovasi
Suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari va ularni suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga joriy etish bilan bog'liq amaliy chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berish. play.google.com
Afzalliklari
  • advantage icon TOMCHI onlayn va oflayn rejimda cho'ntak ilovasi sifatida ishlashi mumkin
  • advantage icon Yangiliklar va maqolalar haqida avtomatik kundalik bildirishnomalarni oling
  • advantage icon Korxonalar va fermerlar o'z mahsulotlari va xizmatlarini shaxsiy kabinet orqali doimiy ravishda yangilab turishadi
Loyiha haqida

TOMCHI mobil ilovasi - Suv tejovchi texnologiyalar sohasida to‘liq rasmiy ma’lumot beruvchi yagona platforma hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan ushbu ilova xizmatlari Yagona portalga ham integratsiya qilingan.
Ilova yordamida uydan chiqmasdan suv tejash texnologiyalari bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lish, kalkulyator, subsidiya hisoblash, korxonalar bazasi va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun cho‘ntak ilovasi bo‘lishi kifoya. Masalan, ma’lum bir yer maydoniga qanday ekin ekish, maydon yuzasi qismini tanlash orqali o‘sha maydonga qanday turdagi suv tejovchi texnologiya jalb etiladi, ularni birlamchi summasi va davlat tomonidan ajratilishi kutilayotgan subsidiya miqdori avtomatik shaklda aniqlab beriladi, bundan tashqari soha yuzasidan kerakli video lavhalar, maqolalar, kitoblar, yangiliklar, animatsion rasmlar, respublikada faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalar ma’lumotlari, ularning mahsulotlari turlari, rasmlari, parametrlari, mahsulot narxlari, oxirgi bajargan ishlar va boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoni ham bor.

Mobil ilovaning maqsad va vazifalari

Mazkur ilova birinchi navbatda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda suvdan oqilona foydalanish uni tejash, imkon qadar asrab avaylash, aqlli sug‘orish orqali barqarorlik va mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanishda davlat idoralaridan tortib fermerlargacha bo‘lgan barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, TOMCHI ongli qarorlar qabul qilish uchun real vaqt rejimida suv tejovchi texnologiyalarga joriy qiluvchi korxonalar bilan bog‘liq ma’lumotlarga oson kirishni ta’minlaydi va fermerlarga barqaror sug‘orish amaliyoti bo‘yicha tushunchalar beradi.

Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish

“Tomchi” mobil ilovasi sug‘orishda tejamkorlik usullari haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lish, ularning afzalliklarini tushuntirish hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishning taxminiy bahosini hisoblash imkonini beradi.

Statistika

  • maqolalar: 257,
  • yangiliklar: 2343,
  • video: 81,
  • Fotogalereya: 3,
  • kitoblar: 26,
  • hujjatlar: 7,
  • Xatlar (javob berildi): 457,
  • Ilova o‘rnatilgan soni 6529,

Korxonalar:

  • Maxalliy va xorijiy korxonalar: 111,
  • mahsulotlar: 669,
  • bajarilgan ishlar: 66,

Xizmatlar:

  • Subsidiyani hisoblash kalkulyatori boyicha: 89047 ta,
  • Loyihaning taxminiy xarajatlari kalkulyatori bo‘yicha: 36725 ta,
  • Qaysi ekinga qaysi texnologiya mos keladi kalkulyatori bo‘yicha: 11728 ta,
  • Suv balansi kalkulyatori bo‘yicha: 2505 ta ta'rif shakllantirilgan.
Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon O'zbekiston va dunyoda suvdan tejamkor foydalanish bo'yicha dolzarb yangiliklarni har kuni o'qish imkoniyati
  • opportunity icon Aqlli sug'orish usullari, suvni tejaydigan texnologiyalar imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar mavzulariga bo'lingan 200 dan ortiq maqolalar to'plami
  • opportunity icon Suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarish, korxonalarni loyihalash va joriy etish (qurish), ularning shaxsiy kabineti, so'nggi ishlarining namunalari (portfel)
  • opportunity icon Barcha darajadagi fermerlar uchun mo'ljallangan shaxsiy kabinet, mutasaddilar yoki quruvchi korxonalarga murojaatlar uchun maxsus imkoniyatlar
  • opportunity icon Avtomatik tarzda dastlabki xomaki loyihalash, material va narxlarni simulatsiya qilib berish imkoniyatini beruvchi kalkulyator
  • opportunity icon TOMCHI reestrga kirgan korxonalarning real vaqt rejimida tekshirish imkoniyati