Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ommaviy isteʼmol uchun yetkazib beriladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlash, xavfsizligi kafolatlangan soʻyiladigan hayvonlar goʻshti axborot tizimining yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.
Vazifalar: 1) veterinariya vrachlarining hayvonlarning yuqumli kasalliklarini aniqlash va uy hayvonlarini emlash boʻyicha ishlarini raqamlashtirish — 100%; 2) aholi va xoʻjaliklardagi emlangan uy hayvonlarini roʻyxatga olish hamda yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish — 100%.
Majburiyatlar: 1) ommaviy isteʼmol uchun yetkazib beriladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlash; 2) uy hayvonlari kasalliklariga tashxis qoʻyish va emlash, shuningdek, dori vositalarini qoʻllash boʻyicha ishlar shaffofligini oshirish; 3) uchastka veterinariya vrachidan tortib qoʻmita markaziy apparati xodimi gacha boʻlgan barcha veterinariya xizmati ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashinuvi samaradorligini oshirish; 4) manfaatdor tashkilotlarga (hokimlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqalar) respublikadagi veterinariya meditsinasi holati haqida bir xil yagona maʼlumotlarni taqdim etish.