Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimining (HEMIS) yaratilishi universitetning maʼmuriy, oʻquv va ilmiy faoliyatini avtomatlashtirish, oʻqituvchilar va talabalar uchun zamonaviy elektron xizmatlarni taqdim etish, universitetning axborot-taʼlim korporativ portalini yaratish imkonini beradi.
Tizim maqsadlari:
1. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish
2. Talabalar va professor-o‘qituvchilar faoliyatini avtomatlashtirish
3. Akademik ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish
4. O‘quv jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash
5. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tezkor va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash
Tizim vazifalari:
1. Talabalar, o‘qituvchilar va xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
2. O‘quv rejalari va fanlar bazasini shakllantirish
3. Reyting, baholash va davomatni elektron yuritish
4. Talabalarning akademik faoliyatini monitoring qilish
5. Buyruqlar, hujjatlar va hisobotlarni elektron shakllantirish
6. Oliy ta’lim muassasalari kesimida statistik va analitik ma’lumotlarni tayyorlash
7. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash
Talabalar soni: 1 645 811 ta
Professor o‘qituvchilar va xodimlar soni: 121 801 ta
OTMlar soni: 207 ta