solution icon
«Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat reyestri» axborot tizimi («EGRIS» AT)
«EGRIS» AT tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar operatorlari va o‘yinchilar o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni hisobga oladi va amalga oshiradi, stavka qo‘yishda xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlaydi. egris.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Tizimning barcha xizmatlaridan va barcha litsenziyalangan operatorlardan foydalanish uchun yagona kirish tizimi.
  • advantage icon Ma’lumotlar va moliyaviy mablag‘lar xavfsizligi.
  • advantage icon Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash.
  • advantage icon «Mas’uliyatli o‘yin» vositalaridan foydalanish.
Loyiha haqida

Tizimning vazifasi:
«EGRIS» ATning vazifasi tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar operatorlari va o‘yinchilar o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish va amalga oshirish, shuningdek stavkalarni amalga oshirishda foydalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi «Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-68-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 814-son qarori.
«EGRIS» axborot tizimi tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yin faoliyatining barcha ishtirokchilari, ularning stavkalari va yutuqlari, shuningdek bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi litsenziyalangan kompaniyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etish imkonini beradi.

Tizim maqsadlari va vazifalari

«EGRIS» axborot tizimini yaratishdan maqsad tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar operatorlari va o‘yinchilar o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish va amalga oshirish uchun ishonchli va xavfsiz axborot tizimini yaratish, shuningdek qonunchilikning barcha talablariga muvofiqlikni ta’minlashdan iborat.

«EGRIS» AT vazifalari:
• interaktiv stavkalar bilan bog‘liq barcha moliyaviy operatsiyalarni hisobga olishning shaffofligi va aniqligini ta’minlash;
• tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar sohasidagi moliyaviy operatsiyalarni tartibga soluvchi barcha normativ talablarga rioya etilishini ta’minlash;
• eskrou hisobvarag‘idan foydalangan holda stavkalar uchun pul mablag‘larini o‘tkazishning qulay va xavfsiz usulini ta’minlash;
• foydalanuvchilarga yagona to‘lov interfeysi orqali elektron balanslarni to‘ldirish va yutuqlarni yechib olish imkoniyatini taqdim etish;
• foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilishning qulay va tezkor jarayonini ta’minlash;
• foydalanuvchilar ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun ishonchli identifikatsiya usullaridan foydalanish;
• foydalanuvchilarga operatsiyalar tarixi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etish;
• o‘yinchilarga o‘z stavkalarini nazorat qilish va cheklovlar o‘rnatish imkonini beruvchi mexanizmlarni joriy etish;
• xavflarni kamaytirish va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlariga qaramlikning oldini olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlariga mas’uliyatli yondashuvni qo‘llab-quvvatlash;
• Regulyator tomonidan belgilanishi mumkin bo‘lgan limitlarni joriy etish;
• barcha qonuniy qimor o‘yinlari operatorlari tizimlari bilan integratsiya qilish uchun yagona platformani ta’minlash;
• o‘yinchilar va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar operatorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayonini soddalashtirish;
• foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilish va ruxsatsiz kirishning oldini olish.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilish;
  • opportunity icon foydalanuvchilarni belgilangan cheklovlar va reyestrlar bo‘yicha tekshirish;
  • opportunity icon o‘yinchilar va operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish;
  • opportunity icon tashqi davlat axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • opportunity icon hisobni to‘ldirish va to‘lov operatsiyalarini qayta ishlash;
  • opportunity icon limitlar va taqiqlarni nazorat qilish;
  • opportunity icon hisobotlarni shakllantirish;
  • opportunity icon shaxsiy kabinetni taqdim etish.