Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish yagona intellektual platformasi ilmiy loyihalarni shakllantirish va monitoring qilish jarayonlarini yagona elektron muhitda tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, loyiha topshirish, ekspertizadan oʻtkazish, baholash, shartnomalarni rasmiylashtirish, ijroni nazorat qilish va monitoring jarayonlarini avtomatlashtiradi. Tizimda foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, rollar va vakolatlarni boshqarish, ilmiy loyihalarni qabul qilish, ekspertlarni biriktirish, baholash natijalarini shakllantirish hamda tegishli qarorlarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, loyihalarning bajarilish holatini kuzatish, reja va amaldagi natijalarni solishtirish, hisobotlarni qabul qilish, raqamli nazoratni amalga oshirish va audit maʼlumotlarini shakllantirish taʼminlanadi. Tizim axborot xavfsizligi, maʼlumotlarning yaxlitligi, foydalanuvchi huquqlarini chegaralash va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuv talablarini hisobga olgan holda ishlaydi.
Tanlovlarga topshiriladigan ilmiy loyihalarni tizimda shakllantirish hisobiga qogʻoz hujjat aylanishini kamaytirish
Axborot tizimidagi jarayonlarning ochiq va shaffofligini taʼminlash
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida qabul qilingan ilmiy loyihalarning texnik va moliyaviy ekspertizasini tizimning oʻzida inson omilisiz (avtomatik tarzda) tashkil etish;
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida qabul qilingan ilmiy loyihalarning texnik va moliyaviy ekspertizasini tizimning oʻzida inson omilisiz (avtomatik tarzda) tashkil etish
Ilmiy loyihalarning tasdiqlangan ish rejasiga koʻra bajarilishi monitoringini oʻrnatilgan tartibda tashkil etish va oʻtkazish
Davlat buyurtmasi asosida bajarilgan va bajarilayotgan ilmiy loyihalar hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi monitoringini oʻrnatilgan tartibda tashkil etish va oʻtkazish
Tizimda davlat buyurtmasi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalar nazorati boʻyicha maxsus funksiyani joriy etish hamda jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish va monitoring qilish.