Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bu kasbiy ta’limni raqamlashtirish va modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, ta’lim jarayonini samarali, shaffof va tezkor boshqarishga xizmat qiladi.
Tizim maqsadlari:
Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bu kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali boshqarish, rejalashtirish, monitoring qilish va baholashga mo‘ljallangan integratsiyalashgan axborot tizimi. Tizim o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasidagi axborot almashuvini soddalashtiradi hamda ta’lim jarayonini raqamlashtirishga yordam beradi.
Tizim vazifalari:
1. O‘quv jarayonini rejalashtirish – darslar, amaliy mashg‘ulotlar va imtihonlar jadvalini yaratish va boshqarish;
2. O‘quvchi va o‘qituvchilar ma’lumotlarini boshqarish – shaxsiy ma’lumotlar, kurslar va natijalarni yagona markazlashgan bazada saqlash;
3. Monitoring va nazorat qilish – o‘quv jarayoni samaradorligini real vaqt rejimida kuzatish, muassasa rahbariyatiga hisobotlar tayyorlash;
4. Resurslarni boshqarish – auditoriya, uskunalar va o‘quv materiallaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
5. Xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash – foydalanuvchi ma’lumotlari va tizimdagi axborotlarning himoyalanganligini ta’minlash;
6. Ta’lim sifatini oshirish – tizim orqali o‘quv jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish
Foydalanuvchilar soni o‘quvchi:1,029,268
Foydalanuvchilar soni o‘qituvchi:36,000
Integratsiyalashgan tizimlar soni: 16 ta
Sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni (kunlik): 100,000+