Tizimni ishlab chiqish uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni.
Qishloq xo‘jaligi sohasida axborot tizimlarini bir joyga jamlash hamda xizmatlarni yagona nuqtadan ko‘rsatish.
Agrosanoat majmuidagi davlat tashkilotlari axborot tizimlari bilan uzviy integratsiyani taʼminlash orqali ma’lumotlar dolzarbligi va haqqoniyligini ta’minlash
Tizim maqsadlari:
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga davlat tashkilotlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni taʼminlovchi yagona axborot maydoni sifatida tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash
Agrosanoat majmuiga taalluqli elektron xizmatlar ko‘rsatilishi samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash
Tizim vazifalari:
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olish imkoniyatini taqdim etish
Agroportal yaqinda joriy etildi. Endilikda funktsional imkoniyatlari kengaytirilib, takomillashtirib boriladi.