solution icon
O‘rmon resurslaridan foydalanish uchun ruxsatnoma
O‘rmon fondining yaylov yerlarida chorva mollarini o‘tlatish hamda o‘rmon fondi yerlarida pichan o‘rish uchun onlayn bilet (ruxsatnoma) berish tizimi. ruxsatnoma-urmon.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ruxsatnomalarni onlayn va shaffof tarzda berish imkoniyati yaratiladi.
  • advantage icon Fuqarolar uchun ortiqcha yurish, qog‘ozbozlik va vaqt sarfi kamayadi.
  • advantage icon Barcha ruxsatnomalar yagona bazaga kiritiladi va nazorat osonlashadi.
  • advantage icon Korrupsiya va noqonuniy foydalanish holatlari kamayadi.
  • advantage icon Davlat organlari uchun aniq statistika va tahlil imkoniyati yaratiladi.
Loyiha haqida

Mazkur axborot tizimi o‘rmon fondi yerlarida:

  • chorva mollarini o‘tlatish,
  • pichan o‘rish,

uchun elektron ruxsatnoma (onlayn bilet) berishni avtomatlashtiruvchi raqamli platforma hisoblanadi.
Tizim orqali fuqarolar va tadbirkorlar onlayn ariza topshirib, yaylov hududini tanlaydi, chorva sonini ko‘rsatadi, to‘lovni amalga oshiradi va elektron ruxsatnomani oladi.
Shu bilan birga tizim:

  • yaylov hududlarining yuklanishini,
  • qancha chorva boqilayotganini,
  • ruxsatnoma muddatini,
  • to‘lovlarni,

real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:

  • O‘rmon fondi yaylovlaridan samarali va nazoratli foydalanishni ta’minlash.
  • Ruxsatnoma berish jarayonini raqamlashtirish va shaffof qilish.
  • Barcha ma’lumotlarni yagona bazaga jamlash.
  • Davlat xizmatlarini onlayn ko‘rinishga o‘tkazish.
  • Qonunbuzilish va korrupsiya holatlarini kamaytirish.

Tizim vazifalari:

  • Onlayn ariza qabul qilish.
  • Yaylov hududlarini karta asosida ko‘rsatish.
  • Chorva sonini hisobga olish.
  • Elektron ruxsatnoma berish.
  • To‘lovlarni qabul qilish va hisobini yuritish.
  • Monitoring va hisobot tayyorlash.
  • Davlat organlari bilan ma’lumot almashish.

Statistika

2025 yil holatiga ko‘ra, onlayn ruxsatnoma berish tizimidan foydalanuvchilar soni 2800 nafarga yetgan. Yil davomida o‘rmon fondi yaylov yerlarida chorva mollarini o‘tlatish va pichan o‘rish uchun jami 51 000 ta elektron ruxsatnoma berilgan. Portalga yil davomida 90 mingdan ortiq tashrif amalga oshirilgan. Ruxsatnomalar berish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilib, arizalarni ko‘rib chiqish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Tizim joriy qilinishi natijasida qog‘oz hujjatlardan foydalanish taxminan 80 foizga qisqargan, xizmat ko‘rsatish vaqti esa avvalgi 3–5 kundan onlayn tarzda bir necha daqiqagacha qisqartirilgan.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Foydalanuvchining shaxsiy kabineti
  • opportunity icon Yaylovni elektron xarita orqali tanlash
  • opportunity icon Ruxsatnoma holatini kuzatish
  • opportunity icon QR-kod asosidagi ruxsatnoma
  • opportunity icon Mobil qurilmalar orqali kirish
  • opportunity icon Inspektorlar uchun tekshiruv interfeysi
  • opportunity icon Statistika va tahliliy panellar
  • opportunity icon Hisobotlarni avtomatik shakllantirish