solution icon
Check Permission
Zararli ilovalardan fuqarolarni ogohlantirish. play.google.com
Afzalliklari
  • advantage icon Foydalanuvchi qurilmasidagi ilovalar tomonidan berilgan ruxsatlarni (permission) tez va aniq tahlil qiladi
  • advantage icon Xavfli va ortiqcha ruxsatlarga ega ilovalarni aniqlash orqali axborot xavfsizligini oshiradi
  • advantage icon Oddiy va tushunarli interfeys orqali har qanday foydalanuvchi uchun qulay foydalanish imkonini beradi
  • advantage icon Shaxsiy ma’lumotlarning ruxsatsiz yig‘ilishi va suiiste’mol qilinishining oldini olishga yordam beradi
Loyiha haqida

Android operatsion tizimida ishlovchi mobil ilova bo‘lib, foydalanuvchilarga qurilmaga o‘rnatilgan ilovalarning qanday ruxsatlarga ega ekanligini tahlil qilish imkonini beradi.

Tizim Android OS’ning rasmiy API va xavfsizlik mexanizmlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Ilova foydalanuvchi bilmagan holda kamera, mikrofon, SMS, qo‘ng‘iroqlar, joylashuv (location) kabi xavfli ruxsatlardan foydalanayotgan ilovalarni aniqlashga yordam beradi.

Mobil ilova offline rejimda ishlaydi.

Foydalanuvchidan hech qanday ma’lumot yig‘maydi.

Faqat foydalanuvchiga xavfli ilova aniqlanganda xabarnoma yuborish(Notification) uchun ruxsat so‘raydi.

Check permission tizimining maqsad va vazifalari

Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligini oshirish

Xavfli ruxsatlarga ega ilovalarni aniqlash

Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash

Android ilovalari faoliyati ustidan shaffoflikni ta’minlash

Qurilmada o‘rnatilgan ilovalarni aniqlash

Har bir ilovaning berilgan ruxsatlarini tahlil qilish

Xavfli ruxsatlar bo‘yicha ogohlantirish berish

Foydalanuvchini xavfsizlik bo‘yicha xabardor qilish

Check permissionda ro‘yxatdan o‘tish

Check Permission mobil ilovasidan foydalanish uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Ilovalar ro‘yxatini ko‘rsatish
  • opportunity icon SMS, qo‘ng‘iroq, kamera, mikrofon, joylashuv va boshqa ruxsatlarni guruhlab tahlil qilish
  • opportunity icon Xavf darajasi bo‘yicha ilovalarni belgilash
  • opportunity icon Rasmiy Android talablariga mos ishlash (Google Play siyosatiga muvofiq)