Tizimni ishlab chiqishga asos - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2017 yildagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5052-son farmoni hisoblanadi.
Tizimning asosiy foydalanuvchilari ish qidiruvchilar va ish beruvchilar bo’lib
ish qidiruvchilar tizimga o’zlarining resumelarini joylashi, resumega mos vakansiyalar bilan tanishib chiqishi, vakansiyaga taklif bildirishi, ish beruvchi tomonidan kelib tushgan takliflarni ko’rishi hamda ish beruvchilar bilan chat orqali bog’lanishi
ish beruvchilar tizimga o’zlarining bo’sh ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlarini joylashi, bo’sh ish o’rniga mos resumelar bilan tanishib chiqishi, ish qidiruvchilarga taklif yuborishi, suhbatga chaqirishi, ish qidiruvchilardan kelib tushgan takliflarni ko’rib chiqishi hamda mos nomzod topilgan taqdirda ish beruvchining xohishiga ko’ra uni YMMT tizimida ishga olish jarayonini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishi mumkin
Mehnat bozori ishtirokchilari bo‘lgan ish beruvchilar va ish qidiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish, vakansiyalar va mehnat resurslari to‘g‘risidagi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, optimal algoritmlar asosida ish o‘rinlari hamda nomzodlar o‘rtasida maksimal darajada muvofiqlikni ta’minlash, ish topish va mutaxassis topish jarayonini optimallashtirish, tizim ma’lumotlari asosida turli statistik, dinamik va strategik ma’lumotlarni taqdim qilish
Bo’sh ish o’rinlari bazasini yaratish va uning ochiq va shaffofligini ta’minlash
Resumelar bazasini ochiq va tizimli shakllantirish
Ish qidiruvchi fuqarolarga resume yaratish orqali mos ish o‘rinlarini topishga ko‘maklashish