O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son farmoning 5-ilova 98-maqsadining 21-bandiga asosan Aholini favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar mutaxassislarini xizmat va ishdan ajralmagan holda (masofadan turib) ish joylarida o‘qitish tizimini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
Milliy ta'lim platformasining asosiy maqsadi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston aholisini favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy оfatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash hamda koʻngillilik (volontyorlik) faoliyatiga oʻrgatishdan iborat.
Milliy ta'lim platformasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Aholini favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy оfatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash;
Favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha ta'lim olgan aholi ulushini aniqlash;
Respublika boʻylab aholini istalgan vaqtda va har qanday qulay joyda, shu jumladan uyda va ish joyida onlayn oʻqitishni ta'minlash.
Platformadan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.