O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli farmonning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 10-bandida 2024 yilning martida “E-Saylov” axborot tizimini ishlab chiqilgan.
Axborot tizimi – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari hamda referendumlarni o‘tkazish uchun yagona axborot tizimi hisoblanadi.
- Saylov jarayonini to‘liq raqamlashtirish orqali saylov xarajatlarini kamaytirish;
- Siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilariga teng imkoniyatlarini yaratish orqali saylov kompaniyadagi huquqlarini ta’minlash;
- Hujjatlar almashinuvini elektron tartibda amalga oshirish orqali saylov samaradorligi oshirish;
- Axborot xavfsizligi va shaffoflikni ta’minlash.
Saylov ishtirokchilari (MSK, HSK, OSK, USK, OAV, MFY, siyosiy partiyalar, ishonchli vakillar, nomzodlar, kuzatuvchilar) ma’lumotlar bazasini yaratish;
- Saylovda ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish yoki vakolatini muddatidan ilgari tugatish jarayonlarini raqamlashtirish;
- Saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
- Siyosiy partiya vakolatli vakili hamda siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishga ijozat berish;
- Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
- Tuman (shahar) hamda uchastka saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
- Ishonchli vakillarni ro‘yxatga olish;
- Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Tizimda saylov ishtirokchilarining beydjlarini avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyatini yaratish.
- Saylov ishtirokchilarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyatini yaratish.
SJBATga kirish uchun tizim administratorlari tomonidan login va parollar taqdim etiladi. Taqdim etilgan login va parollar orqali tizimdan foydalanish huquqi Markaziy saylov komissiyasi, Viloyat saylov komissiyasi, Tuman va shahar saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyasi, shtablar, trenerlar, partiyalar tomonidan amalga oshiriladi