Agroko‘makchi – bu mobil ilova bo‘lib, fermerlar, dehqonlar, tomorqa egarlari va eksportchilarni yagona tizimda bog‘laydi. Ilova qishloq xo‘jaligida tezkor maslahat, bozor narxlari, agrotexnika tavsiyalari va xizmatlar orqali ish jarayonlarini soddalashtiradi, samaradorlikni oshiradi va mahsulotni bozorga chiqarish va eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi.
Fermerlar, dehqonlar, tomorqa egarlari va eksportchilarni bir platformada bog‘lash.
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tezkor va ishonchli maslahatlar hamda ma’lumotlar taqdim etish.
Bozor narxlari, mahsulot eksporti va resurslardan foydalanishni optimallashtirishni osonlashtirish.
Foydalanuvchilarning ish jarayonini samarali va innovatsion qilish.
Mahsulotni bozorga chiqarish va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Dehqonlar, fermerlar va tomorqa yer egalari uchun zararli hasharotlar, begona o'tlar va kasalliklar haqida ma’lumot taqdim etish.
Ruxsat etilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar bo‘yicha maslahat va ma’lumot berish.
O‘zbekiston bo‘ylab viloyatlar kesimida mavjud biolaboratoriyalar va ularning xizmatlari haqida ma’lumot yetkazish.
O‘simliklarni himoya qilish xizmatini ko‘rsatadigan o‘simlik klinikalari haqida ma’lumot taqdim etish.
Meva-sabzavotlarni qadoklash va saqlash korxonalari haqida ma’lumot.
Xorijga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan meva-sabzavotlar va ularni eksport qiladigan davlatlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
O‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Tuproqni agroximiyaviy tahlil qilish laboratoriyalari haqida ma’lumot taqdim etish.
O‘zbekiston hududida import qilinishi mumkin bo‘lgan fitosanitar toza hududlar va “qizil” hududlar haqida ma’lumot olish imkonini yaratish.