Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
“Mening uyim” billing tizimining ishga tushirilishi bilan quyidagi muammolar hal etildi:
Boshqaruv tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish;
Aholining majburiy badallari tushumini real vaqt rejimida hisobga olishni joriy etish;
Majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni aniqlashni raqamlashtirish.
Jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari yoki ruxsat olishlari shart emas. Tizimdan foydalanish uchun davlat xizmatchilari Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tishi kerak. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.