solution icon
Yo‘lovchi poyezdlarga onlayn tarzda chiptalarni sotish (eticket.railway.uz) tizimi.
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va jamiyatda raqamlashtirish tizimini rovojlantirish. eticket.railway.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Yo‘lovchilar ish joylari yoki uylarida, istalgan joydan turib yo‘lovchi poyezdlarga onlayn tarzda chiptalarni xarid qilish imkoniyatlariga egalar.
  • advantage icon Foydalanuvchilar tomonidan jamiyat bilan shartnoma tuzmasdan turib onlayn tarzda bir martalik (ammaviy ofertaga asosan) shartnomaga asosan guruhlarga chiptalarni rasmiylashtirishlari mumkin.
  • advantage icon Foydalanuvchilar tomonidan yo‘lovchi poyezdlarga onlayn tarzda imtiyozli va chegirmali chiptalrni xarid qilish imkoniyatlari mavjud
Loyiha haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabr kunidagi ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-sonli Farmoni, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-avgust kunidagi PQ-433-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-yanvardagi “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 21-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-aprel kunidagi 109-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda jamiyatda raqamlashtirish tizimini rivojlantirish maqsadida tizim rovijlantirilib borilmoqda.
Mazkur tizim qulaylikari;
- Barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarni onlayn tarzda qidirish, sotib olish va kuzatish imkoni mavjud — bu an’anaviy chiptaxonaga borib navbat kutishga hojat qoldirmaydi. Ya’ni Marshrut va sanani tanlab, poyezd yo‘nalishlarini qidirish va chiptalarni tez sotib olish mumkin.
- Foydalanuvchilar tomonidan bank kartalari orqali onlayn xavfsiz to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
- Onlayn tarzda xarid qilingan chiptalar QR-kod bilan tekshiriladi va smartfonda ko‘rsatish orqali poyezdga chiqish qulay.
- eticket.railway.uz veb-sayti yo‘lovchi poyezdlarning nomlari, yo‘nalishlari va jadvalini to‘liq ko‘rsatadi, shuning uchun sayohatni oldindan rejalashtirish imkoni mavjud.
Umumiy qilib, eticket.railway.uz sayti yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarini xarid qilishni oson, tez va qulay tizimi hisoblanadi - ayniqsa sayohatni oldindan rejalashtirayotganlar uchun.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
Mazkur tizimning (eticket.railway.uz) asosiy maqsadi — yo‘lovchilarga temir yo‘l chiptalarini onlayn, tez va qulay tarzda sotib olish imkonini yaratish hamda chipta savdo jarayonini raqamlashtirishdir.
Tizim vazifalari:
Tizimning vazifasi — chipta sotish jarayonining barcha (qidirish → sotib olish → to‘lash → foydalanish → qaytarish) amaliyotlarini to‘liq avtomatlashtirish va yo‘lovchi uchun qulay tizim yaratish.

Statistika

Bugungi kunda eticket.railway.uz foydalanuvchilar soni o‘rtacha 1.5 mlnni tashkil qiladi.
Mazkur eticket.railway.uz tizimi;

  • “One-ID” axborot tizimi,
  • “my.gov.uz” axborot tizimi,
  • “ofd.soliq.uz” axborot tizimi,
  • “e-Hamkor” internet ekvayring tizimi,
  • “E-polis” Temiryo‘l sug‘urta,
  • ASU “Exspress-3”. 

Mazkur tizim Rossiya Federatsiyasining ASU “Exspress-3” tizimiga integratsiya qilingan.
 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Barcha chegirmali chiptalarni onlayn tarzda rasmiylashtirish
  • opportunity icon Onlayn tarzda hisob varoq yuborish imkoniyati mavjudligi
  • opportunity icon Chiptalarni onlayn tarzda tizimga qaytarish tizimi mavjudligi
  • opportunity icon Chiptalarni PDF shaklda yuklab olish va ushbu fayl bilan yo‘lovchi poyezdlarga chiqish imkoniyatini mavjudligi