solution icon
"Shaffof qurilish" onlayn platformasi
Qurilish sohasida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning oʼz vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish. monitoring.mc.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Mutaxassislar malaka oshirish kurslariga masofadan turib ariza topshirishlari, kurslarni tanlashlari va shartnomalarni elektron tarzda tasdiqlashlari mumkin. Bu yoʻl xarajatlari va vaqt yoʻqotilishini
  • advantage icon Loyihalar boʻyicha onlayn monitoring olib borish va hisobotlar olish imkoniyati xizmat safarlarini qisqartiradi hamda tashkilotlarning moliyaviy mablagʻlarini tejaydi
  • advantage icon Fuqarolar murojaatlarini elektron shaklda yuborish va ularni tegishli mutaxassislarga avtomatik yoʻnaltirish davlat organlari bilan muloqotni sezilarli darajada soddalashtiradi
  • advantage icon Noqonuniy qurilishlar haqida tezkor xabar berish imkoniyati nazorat samaradorligini oshiradi va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi
  • advantage icon Seysmik chidamli uy-joylar boʻyicha tavsiyalar aholining qurilish madaniyatini oshiradi hamda favqulodda vaziyatlarda yetkaziladigan zararni kamaytiradi
  • advantage icon Qurilish ob'ektlarining ochiq xaritasi uy-joy sotib olmoqchi boʻlgan fuqarolarga ortiqcha vositachilarsiz ishonchli va tekshirilgan ma'lumotlarni olish imkonini beradi
Loyiha haqida

Qurilish sohasida joriy etilgan ushbu axborot tizimi mutaxassislarni tayyorlashdan tortib qurilish ob'ektlarini nazorat qilish, qurilishi tugallangan ob'ektni foydalanishga qabul qilish va topshirishga ruxsatnoma berish, davlat dasturlari monitoringi, fuqarolar bilan muloqot oʻrnatish hamda ochiq ma'lumotlarni taqdim etishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq qamrab oluvchi, oʻzaro integratsiyalashgan osttizimlardan iborat kompleks raqamli platformadir.

Ushbu tizimning joriy etilishi natijasida qurilish tarmogʻida zamonaviy raqamli boshqaruv modeli shakllanadi, xizmatlar sifati oshadi, ortiqcha vaqt va xarajatlar qisqaradi hamda sohaning barqaror va shaffof rivojlanishi uchun mustahkam texnologik poydevor yaratiladi. 

"Shaffof qurilish" onlayn platformasi

Ushbu axborot tizimi qurilish sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, boshqaruv jarayonlarini maqbullashtirish hamda davlat organlari, soha mutaxassislari va fuqarolar oʻrtasida samarali elektron hamkorlikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Tizimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Qurilish jarayonlarini yagona raqamli muhitda boshqarish va nazorat qilish;

Ochiq ma'lumotlar orqali sohada shaffoflikni oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

Mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish jarayonlarini masofaviy shaklga oʻtkazish va inson omilini kamaytirish;

Davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining bajarilishini real vaqt rejimida monitoring qilish;

Fuqarolarga qurilish ob'ektlari, ruxsatnomalar va nazorat xulosalari haqidagi ishonchli ma'lumotlarni tezkor yetkazish;

Noqonuniy qurilishlarning oldini olish va ularni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;

Qurilishda xavfsizlik standartlarini targʻib qilish, shu jumladan seysmik chidamli turar joylar qurilishi boʻyicha ma'lumotlar taqdim etish;

Davlat xizmatlarini elektron formatga oʻtkazish orqali ortiqcha Byurokratik jarayonlarni qisqartirish;

Qurilish va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini yagona platforma orqali raqamlashtirish va amalga oshirish;

Loyiha-texnik hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishda yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;

Qurilishi tugallangan ob'ektni topshirish-qabul qilish va undan foydalanishga ruxsatnoma berish.

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o'tkazish platformasi

Tizim oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:

Qurilish sohasidagi barcha axborot oqimlarini yagona platformaga integratsiya qilish;

Nazoratning raqamli mexanizmlarini joriy etish va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish;

Elektron hujjat aylanishini tashkil etish va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash;

Fuqarolar uchun ochiq, shaffof va ishonchli axborot muhitini yaratish;

Noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish;

Davlat organlarini tahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlash va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash;

Qurilish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

Sohada zamonaviy raqamli boshqaruv modelini shakllantirish;

Loyiha-smeta hujjatlarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonini avtomatlashtirish;

Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning elektron reestrini yuritish;

Qurilish loyihalarining texnik va smeta qismlarini tahlil qilish.

Statistika

Foydalanuvchilar soni — 2 milliondan ortiq;

Qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish — 1,4 milliondan ortiq arizalar koʻrib chiqilgan;

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda — 178 100 ta xulosa berilgan;

Qurilish tashkilotlari doirasida — 20 910 ta tashkilot reytingi shakllantirilgan;

Qurilish yoʻnalishida — 61 726 ta tender oʻtkazilgan;

Tender natijasida — 3,33 trillion soʻm iqtisod qilingan.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Mutaxassislarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish, masofaviy oʻqitish va sertifikatlash
  • opportunity icon Davlat dasturlarining bajarilishini real vaqt rejimida monitoring qilish, tahlil qilish va hisobotlarni shakllantirish
  • opportunity icon Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash va ijrosini nazorat qilish
  • opportunity icon Qoidabuzarliklarni foto va videomateriallar orqali qayd etish hamda ularni vakolatli organlarga yuborish
  • opportunity icon Qurilish ob'ektlarini geolokatsiya asosida interaktiv xaritada aks ettirish
  • opportunity icon Ruxsat beruvchi hujjatlar va nazorat xulosalari bilan masofadan tanishish imkoniyatini yaratish