solution icon
Qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi
Ushbu elektron tizim mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, faoliyatida oshkoralik, shaffofligini hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlaydi e-qaror.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish jarayonlarini to’liq raqamlashtirilganligi
  • advantage icon Qarorlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va e’lon qilish jarayonlari inson aralashuvisiz to'liq avtomatik amalga oshirilishi
  • advantage icon Barcha qarorlar tanlovsiz va inson aralashuvisiz jamoatchilikka taqdim etilishi
  • advantage icon Jamoatchilik 24/7 rejimida, dunyoning istagan nuqtasidan turib qabul qilingan hujjatlar bilan tanisha olish imkoniyati
  • advantage icon Adliya vazirligi hamda hududiy adliya organlari tomonidan samarali monitoring amalga oshirish
Loyiha haqida

“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori: Normativ-huquqiy asos raqami: 218-son, 14.04.2020.

Organlar tomonidan qarorlar ishlab chiqish, tasdiqlash va Internet tarmog‘ida e’lon qilish bilan bog‘liq faoliyatidir. Tizim “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy komponenti bo‘lib, Internet tarmog‘ida belgilangan domen ostida faoliyat yurituvchi veb-sayt, tashkilotlar uchun yaratilgan maxsus kabinet va alohida domenda faoliyat yurituvchi ma’muriy paneldan tashkil topadi. Tizim axborot texnologiyalarini joriy etish orqali hokimliklar tomonida qabul qilinayotgan qarorlar ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish va Internet tarmog‘ida e’lon qilishni raqamlashtirish orqali keyingi bosqichga olib chiqishi lozim, xususan tizim yordamida butun Respublika miqyosida ushbu faoliyat yuzasidan yagona tartib joriy etishga yordam beradi.

Tizimning maqsad va vazifalari

- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarning norma ijodkorligi faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan g‘ayriqonuniy qarorlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishini oldini olish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat qarorlar ishlab-chiqish, kelishish va qabul qilish faoliyatida jamoatchilik nazoratini va shaffoflikni taʼminlash;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar qarorlar ishlab chiqish, kelshish, imzolash va Internet tarmog‘ida eʼlon qilish faoliyatida ortiqcha qog‘ozbozlik, vaqt sarfini oldini-olish va inson omilini kamaytirish.

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish

Jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan hujjatlar bilan tanishish uchun ro’yxatdan o’tishlari yoki avtorizatsiyadan o’tishlari talab etilmaydi. Davlat xizmatchilari tizimdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Hujjatlar bilan to‘siqlarsiz bilan tanishish imkoniyati
  • opportunity icon Shaxsga oid hujjatlarni tarkibini jamoatchalikka ochiqlanishini oldini olish
  • opportunity icon Adliya organlari tomonidan samarali monitoring amalga oshirish
  • opportunity icon Noqonuniy qarorlar qabul qilinishini oldini olish