solution icon
Aviachiptalarni sotib olish va bron qilish tizimi
"Uzbekistan airways" Aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchilarga aviabiletlarni o‘zlari mustaqil bron qilish va sotib olishlarini taklif qilmoqda book.uzairways.com
Afzalliklari
  • advantage icon Turli xil usillar yordamida naqdsiz to'lovlarni amalga oshirish (QR, FaceID)
  • advantage icon "Uzbekistan airways" AJ yo'lovchilarga kompaniya reyslariga aviachiptalarni mustaqil sotib olish va bron qilish imkoniyatini taklif etadi
  • advantage icon Visa, MasterCard va MIR to'lov tizimlari orqali xalqaro to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Loyiha haqida

Veb-saytimizda aviabilet bron qilish va sotib olish uchun siz bir necha oddiy amallarni bajarishingiz kerak: 

Saytning asosiy sahifasida yo‘nalish, jo‘nab ketish sanasi, "Bir tomonga" yoki "Borish-qaytish" parvozini tanlash, yo‘lovchilar sonini va to‘lov shaklini belgilash, so‘ngra "Biletni sotib olish" tugmasini bosish zarur.

Keyin Sizga tanlangan sana bilan yaqin yoki mos keladigan parvozlar ro‘yxati taqdim etiladi.
Ushbu yo‘nalishda qatnovlar amalga oshirilmaydigan kunlar  och rangda belgilangan.

Shakllarni to'ldirish tartibi

Shaxsiy ma’lumot shaklini ehtiyotkorlik bilan to‘ldiring (pasport ma’lumotlari fotosurat joylashgan sahifadan kiritiladi), shuningdek, zaruriy aloqa ma’lumotlarini taqdim eting.
Aloqa telefon raqami namunaga muvofiq – 9 ta raqam bo‘sh joysiz kiritiladi.  Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qiling, so‘ngra "Bron qilish" tugmasini bosing.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Aviabiletlarni xarid qilish va bron qilish
  • opportunity icon Aviabiletni qayta bron qilish
  • opportunity icon Aviabiletlarni ballar va pul vositalariga apgreyd qilish
  • opportunity icon Joylarni oldindan tanlash