solution icon
O‘rmon fondi yerlarini auksion orqali ijaraga berish portali
Tizim orqali o‘rmon fondi yerlari auksion orqali ijaraga berish yo‘lga qo‘yilgan. Tizim orqali lotlarga ariza berish, to‘lovlarni to‘lash, auksionda ishtirok etish imkoniyatlari mavjud ijara-urmon.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ochiqlik
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
  • advantage icon Ijara munosabatlarini tartibga solish
Loyiha haqida

O‘rmon fondi yerlarini auksion orqali ijraga berish portali – davlat o‘rmon fondi yerlarini auksion orqali ijaraga berish uchun mo‘ljallangan portal hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar portalgakirgan holda o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan lotlarga arizabergan holda auksionda ishtirok etishlari mumkin.

Barcha jarayonlar inson omilisiz olib boriladi, ya’ni portaldan ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan boshlab auksion tugash va g‘olibni aniqlash jarayonigacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan. Shuningdek, portal orqali lotlarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud

Portalning maqsad va vazifalari

- O‘rmon fondi yerlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish; 
- O‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yerlarida yangidan barpo etilgan va kamida bir yilgacha bo‘lgan muddatda parvarishlangan o‘rmonlar joylashgan yerlarni ijaraga olish huquqini elektron auksion (kimoshdi savdolari) asosida o‘tkazish; 
- Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron auksionda o‘rmon fondi uchastkasini (uning bir qismini) ijaraga olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish; 
- Kimoshdi savdolari asosida sotilgan o‘rmon fondi uchastkasi (uning bir qismi) bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish va monitoringini olib borish.
 

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Portaldan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug’ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Portaldan foydalanib, istalgan qulay vaqtda o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olish uchun foydalanish mumkin