solution icon
“E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Tizim qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar hamda idoralar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan e-ijara.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Yer tuzish loyihalarini kelishish jarayonini raqamlashtirish orqali sarflanadigan vaqt qisqartirishi
  • advantage icon Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar chegaralarini va u haqidagi atribut ma’lumotlarining elektron shakllanishi
  • advantage icon Yer maydonlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elekron auksion orqali tanlov asosida ajratilishi tashkil etilgan
  • advantage icon Ijara shartnomasini masofaviy elektron ko’rinishda elektron raqamli imzo yordamida imzolash imkoniyati
  • advantage icon Ijara xuquqini Davlat ro‘yhatidan otkazish, tanlov g‘olibiga tayyor xujjatlar taqdim etilishi
Loyiha haqida

"E-IJARA" avtomatlashtirilgan axborot tizimi axborotlashtirish ob'ekti sifatida bo'sh er uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirish uchun yaratilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.

Tizimning maqsad va vazifalari

Maqsadlar: 

- yer uchastkalari ijaraga berish bo'yicha materiallarni to'plash, ko'rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini avtomatlashtirish;

- qishloq xo'jaligi va dehqon xo'jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari bilan o'zaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va to'siqlarni qisqartirish; 

- vakolatli organlar faoliyatida yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha materiallarni ko'rib chiqish va kelishishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to'liq hajmda foydalanishni ta'minlash.

 

Vazifalar:

 - jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo'jaligi va dehqon xo'jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish to'g'risidagi ma'lumotlarni ochiq elektron tanlovga qo'yish uchun joylashtirish bo'yicha takliflar kiritish imkoniyatini yaratish orqali an'anaviy usulni elektron usulga aylantirish (17 ish kunigacha qisqarish); 

- yer uchastkasi materiallarini vakolatli organlar tomonidan tanlovga qo'yish uchun kelishish va (yoki) u bo'yicha xulosalar berish elektron shaklda "E-IJARA" AAT orqali avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish (5 ish kunigacha qisqarish); 

- ijara bo'yicha g'oliblarni "E-IJARA" AAT orqali ma'lum qilish va xujjatlarni elektron tartibda rasmiylashtirish (7 ish kunigacha qisqarish).

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Tizimdan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi usullaridan biri orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo’ladi:

Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz);

- DSQdan olingan elektron raqamli imzo.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Bo‘sh yerlar to‘g‘risidagi arizalarni yuborish va ko‘rib chiqish holatini onlayn kuzatib borish
  • opportunity icon Yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish va hulosa berish
  • opportunity icon Yer tuzish loyihalari va ularning atribut ma’lumotlarini kiritish, yer tuzish loyihalarini elekrton tarzda kelishish
  • opportunity icon Yer maydonlarini “e-auksion” tizimiga yuborish orqali g’oliblarni aniqlash, ijara shartnomasi elektron rasmiylashtirish
  • opportunity icon – Kadast palatasi axborot tizimi yordamida elektron axborot almashinuvi orqali ijara huquqini Davlat ro’yhatidan o‘tkazish