solution icon
Davlat fuqarolik xizmatchilari Vakant lavozimlari yagona ochiq portali
DAVLAT XIZMATIDA BO‘Sh O‘RINLARNI TO‘LDIRISh TANLOV TARTIBI VA TADBIRINI TAShKIL ETISh HAQIDAGI MA'LUMOTLARNI ShAKLLANTIRISh VA E'LON QILISh PORTALI vacancy.argos.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Ushbu tizim ochiq va eng asosiysi shaffof
  • advantage icon Davlat fuqarolik xizmatchilari sifat tarkibini yaxshilash, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassisga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish
Portal haqida

Ushbu tizim birinchi navbatda ochiq va eng asosiysi shaffof. Portalga ariza bilan murojaat qilgan nomzod barchasi ochiq-oydin ekanini ko‘rganidan so‘ng davlat fuqarolik xizmatiga bo‘lgan ishonchi yanada oshadi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portalini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.
Xususan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilmoqda.

Yagona portalning maqsad va vazifalari

Davlat fuqarolik xizmatchilari sifat tarkibini yaxshilash, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassisga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, meritokratiya prinsipini qo‘llash, xizmat pog‘onalarida o‘sishini monitoring qilish va qo‘llab-quvvatlash.
Ochiq mustaqil tanlovlar o‘tkazilishi davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishiga, davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada ta'minlashga olib keladi

Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish

Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha portal xizmatlaridan foydalanish uchun Portalning shaxsiy kabinet sahifasiga (vacancy.argos.uz) kirib, identifikasiyadan o‘tish kerak.

Statistika

Portalga vazirliklar, agentliklar, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa davlatga qarashli tashkilotlar kiradi. Hozirgi kunda:

18,893 ta tashkilot integratsiya qilingan.

Taxminan 4.7 million foydalanuvchi mavjud.

611 mingta rezyume yuborilgan.

629 mingta suhbat oʻtkazilgan.

90 ming kishi ishga qabul qilingan.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni munosib kadrlar bilan to‘ldirish uchun “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi
  • opportunity icon Portal interaktiv bo‘lishi bilan birga nomzodlar uchun qator imkoniyat va qulayliklarni taqdim etadi
  • opportunity icon Bu amaliyot qog‘ozbozlik va ortiqcha yozishmalardan xoli bo‘lgan elektron platforma sifatida faoliyat yuritadi