Xodimning mehnat stajini hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘lovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ma’lumotlar idoralararo tizimlashtirilgan tarzda tuzilib, muntazam ravishda elektron almashinadi. Uning afzalligi shundaki, xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablar to‘g‘risida avtomatik tarzda to‘planadigan xolis, shaffof va dolzarb ma’lumotlar kiritilib boriladi.
Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash orqali ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish, bo‘sh ish o‘rinlariga talab etiladigan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talabni aniqlash orqali kadrlar tayyorlashning aniq rejasi belgilanadi.
Axborotni avtomatlashtirishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash;
mehnat migratsiyassi jarayonlarini monitoring qilish;
barcha turdagi resurslarni (mehnat, material, vaqt) tejash - qo‘l operatsiyaslarini avtomatlashtirish orqali;
xorijda ishlashni xohlovchi fuqarolarning rezyumelari bazasini shakllantirish;
fuqarolarni xorijda ishlash uchun ishga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi idoralarning ma’lumotlar bankini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga xorijda mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma berish jarayonini avtomatlashtirish orqali konsullik ro‘yxatiga aylanish jarayonini tezlashtirish.
Yagona milliy mehnat tizimiga kirish, ma’lumotlar kiritish yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo (ERI) orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, faqatgina yuridik shaxsning vakolatli jismoniy shaxsi (xodim)ga ma’lumotlarni ko‘rish huquqi beriladi.
Xodim o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan, jismoniy shaxs elektron raqamli imzo (ERI)si bilan kirgan holda, o‘zining ish joyi, lavozimi va boshqa ma’lumotlarini olishi mumkin.