“E-AUKSION” elektron savdo platformasi – jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini realizatsiya qilishning yagona platformasi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan elektron-onlayn auksionlar savdo platformasida alohida yoʻnalishlar boʻyicha taqdim etiladi.
Savdo platformasi yordamida uydan chiqmasdan elektron-onlayn savdolarda ishtirok etish mumkin. Buning uchun savdo platformasida roʻyxatdan oʻtish, tegishli lotlarga ariza topshirish va auksionlarda ishtirok etish kifoya. Masalan, koʻchmas mulklarni sotib olish yoki ijaraga olish, transport vositalari, qishloq xoʻjaligi va dehqon xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari, tashqi reklama obyektlari, yer qari uchastkalaridan foydalanish, koʻchma savdo joylari, elektr stansiyalar qurish huquqi va boshqa turdagi auksionlarda onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.
Asosiy maqsadlar:
Asosiy vazifalar:
Davlat tender komissiyasi va/yoki buyurtmachining qarorlari asosida amalga oshiriladigan tanlov obyektlariga talabgorlarning elektron arizalari va tegishli hujjatlari to‘plash
Savdolarda ishtirok etish uchun Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish lozim, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish orqali ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud. Buning uchun kirish tugmasini bosib, OneID bo‘limini tanlashi lozim