Temir yo‘l transportidan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish, axborot tizimi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, barcha o‘zaro muloqatlarni internet orqali masofadan turib bajarish, elektron ma'lumotlar aylanmasini tashkil etishga qaratilgan.
“Yagona darcha” tamoyili asosida yaratilgan Veb-dastur yaratishning asosiy maqsadi:
Temir yo‘l transportida yuklarni tashish xizmatlarini takomillashtirish;
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash;
Temir yo‘l transportidagi axborotlarini elektronlashtirish;
Temir yo‘l tizimidagi barcha xujjatlar aylanmasini elektron tarzda ta'minlash;
Temir yo‘l tasarrufida bo‘lgan, joylardagi korxonalar (stansiya, TexPD va boshqa tashkilotlar) ishlarini nazorat qilish va ularning barcha hisobotlarini onlayn tizimida o‘z vaqtida to‘liq olish;
Bank va moliyaviy ishlar xujjatlarini rasmiylashtirishda onlayn tizimi orqali ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Yuk tashish jarayonida, temir yo‘l xizmatidan foydalanuvchilar uchun kulaylik yaratish maqsadida, temir yo‘l tariflarini xisoblash uchun, “Kal'kulyator” moduli ishlab chikilgan. Bu modul' «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning https://www.railway.uz saytida joylashgan bo‘lib, xamma uchun ochik. Temir yo‘ldan foydalanmoqchi bo‘lgan barcha mijozlar saytimizga kirib, temir tariflarining bazoviy tariflarini olishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun biz turli xil axborot tizimlarida oson va xavfsiz kirish va ro‘yxatdan o‘tish uchun mo‘ljallangan yagona OneID identifikatsiya tizimidan foydalanamiz. Buning uchun mijoz OneID davlat elektron hukumat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Tizimga kirish uchun login mijozning STIRi hisoblanadi, parolni mijoz o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydi va kirish tugmasi orqali tizimga ulanadi. Keyin “Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza” tugmasini bosib, yangi mijozni registratsiya qilish oynasi paydo bo‘ladi. Mijozni ro‘yxatdan o‘tishi uchun, belgilangan shaklda ariza to‘ldiriladi. OneID tizimidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda dasturga kiritiladi.
"O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida axborot tizimlarining elektron hamkorligini tashkil yetish to‘g‘risida bitim imzolandi. Mijozning INNsi kiritilganda mijozning maʼlumotlari avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi - DSQ axborot tizimidan olinadi. Mijoz yetishmayotgan maʼlumotlarni to‘ldirishi kerak.