solution icon
Elektron kooperatsiya portali
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish maxsus savdo maydonchasi cooperation.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Mahsulotlar katalogi
  • advantage icon ishlab chiqaruvchilar reestri
  • advantage icon Korporativ mijozlar xaridi
Portal haqida

Elektron kooperatsiya portali - bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sanoat sohasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida yaratilgan maxsus savdo maydonchasidir.

Portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

  • Elektron kooperatsiya portali (keyingi oʻrinlarda Portal) orqali mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni sotish va sotib olish imkoniyatini berish;
  • Xoʼjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mijozlar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida shartnomalar tuzish va toʻlovlarni amalga oshirishda munosabatlar erkinligini va oshkoraligini taʼminlash mexanizmini joriy etish;
  • respublikada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik xususiyatlari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida barcha manfaatdor doiralarni xabardor qilish;
  • Portal orqali amalga oshirilgan xaridlar boʻyicha davlat xaridlari boʻyicha maxsus portal orqali maʼlumot almashishni taʼminlash;
  • portalda tuzilgan shartnomalarning bajarilishini tahlil qilish, shuningdek mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishda sanoat kooperatsiyasining roli va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Portal quyidagi funksiyalarni bajaradi

  • vazirlikka yuklatilgan operator funktsiyalarini bajaradi, Portal umumiy faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya va boshqa idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan hamkorlikdagi yaxlit faoliyatni amalga oshirish;
  • portalda import va eksportga moʻljallangan mahsulotlar turlari va hajmlari toʻgʻrisida maʻlumotlar eʼlon qilish, shuningdek iqtisodiyotdagi yuqori talabli va ishlab chiqarishga tavsiya etiladigan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar roʻyxatini joylashtirib borish;
  • erkin raqobat va xaridorlar hamda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi narxlarning shaffofligi tamoyillari asosida elektron savdoni tashkil qilish va elektron shartnomalarni imzolash mexanizmini taʼminlash;
  • portalda roʻyxatdan oʻtgan faol korxonalarning reytingini yuritish va kim oshdi savdosida tuzilgan shartnomalarning bajarilish holatini nazorat qilish;
  • respublikada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari toʻgʻrisida toʻgʻri va aniq maʼlumotlarning joylashtirilishini, ushbu maʼlumotlarning oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlash va nazorat qilish;
  • Portal orqali tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va tegishli tadbirlarni amalga oshirish;
  • mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishda Portalning roli va ahamiyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga tadbiq etish;
  • zamonaviy talablar asosida Portal faoliyatini takomillashtirish va uning imkoniyatlarini kengaytirish;
  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatdagi kooperatsiyani kengaytirish maqsadida oʻtkaziladigan mintaqaviy sanoat yarmarkalarida hamda kooperatsiya birjasi tadbirlarida ishtirok etish.
Imkoniyatlari
  • opportunity icon Import muqobili so'rovi
  • opportunity icon Sanoat korxonalarining onlayn ko'rgazmalari
  • opportunity icon Tarmoq korxonalari haqida ma'lumot