“Uztrans.uz” axborot tizimi - fuqarolar transport sohasidagi barcha masalalar bo‘yicha savollarga javob olishlari uchun yaratilgan tizim bo‘lib, unda shaharlararo transport xizmatlaridan foydalanishdan boshlab, ruxsatnomalar berish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari yoritiladi.
-fuqarolarni transport sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish uchun yagona interaktiv portalni shakllantirish,
- avia, temir yo‘l va avtobus yo‘nalishlariga chiptalarni onlayn ko‘rish,
- barcha turdagi shikoyatlar, murojaatlar va takliflar yuborish imkoniyatini yaratish,
- respublikadagi barcha avtovokzal va avtostansiyalar reyestrini yuritish,
- sayyohlar va aholi uchun O‘zbekistondagi ommabop yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish.
Tizimdan xabarlarni o‘qish va interakiv xizmatlar havolalari orqali davlat xizmatlari ma’lumotlarini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
Transport chiptalarini sotib olish uchun boshqa tizimlardan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.