solution icon
Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish tizimi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish maqsadida Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati faoliyat yuritmoqda ijara.soliq.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Ijara shartnomalarini elektron tarzda tuzish
  • advantage icon Ijara shartnomalari reyestrini yuritish
Loyiha haqida

Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori 1-ilovasi bilan tadiqlangan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Ma’muriy reglamentiga muvofiq amamlga oshiriladi
 

Tizimning maqsad va vazifalari

- soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish; 
-jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshirish; 
-soliq toʻlovchilarni vaqtini tejash, qogʻozbozlikni oldii olish va soliq toʻlovchilarni vaqtini tejash;
- ijara shartnomalari hisobini yuritish.
 

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Ijara xizmatlaridan foydalanish uchun Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati (ijara.soliq.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxsning  Elektron raqamli imzosi yoki token qurilmasidan foydalaniladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Ijara shartnomalarini hisobga qo'yish
  • opportunity icon Transport vositalari ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish
  • opportunity icon Ijara shartnomalari hisobini yuritish va koʻrish
  • opportunity icon Ijara shartnomalarini tuzish va bekor qilish