Elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini ro’yxatdan o’tkazish va berish tizimi - elektron raqamli imzo olish uchun arizalarni qabul qilish, ochiq va yopiq kalitlarini yaratish uchun hamda elektron raqamli imzo sertifikatlarini boshqarish nuqtasi hisoblanadi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar Soliq qoʻmitasi roʻyxatdan oʻtkazish markazining davlat xizmatlari rasmiy veb-sayti https://e-imzo.uz dan foydalangan holda ERI olishi mumkin.
Elektron kalit sertifikatiniolish uchun soʼrovnoma toʼldirish va pasport nusxasini hamda pasport bosh sahifasi bilan tushgan selfi suratni biriktirish, Elektron raqamli imzo kaliti uchun to‘lovni bank kassalari yoki quyidagi (payme, click, upay, paynet), to‘lov tizimlaridanbiri orqali amalga oshirish, Elektron kalit sertifikatini kompyuterga yuklab olish mumkin.
Shuningdek, ERIni eksterritorial tamoyil boʼyicha, yaʼni istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali olish ham mumkin.
- ERIni eksterritorial tamoyil boʼyicha, yaʼni istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali olishdan tashqari elektron koʻrinishda foydalanish imoniyatini yaratish;
- mamlakat bo‘ylab arizachilarga raqamli hukumat doirasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish.
Tizim orqali yangi ERI kaliti olish, parolni oʻzgartirish amallarini shaxsiy kabinetga kirmasdan amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ERI kaliti bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda ERIni toʻliq boshqarish mumkin.
