solution icon
Koʻchma savdo obyektlari axborot portali
Mamlakatimizda ko‘chma savdo va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish, bunday faoliyat turlariga tadbirkorlarni keng jalb qilish maqsadida ushbu “k-savdo.soliq.uz” portali faoliyat yuritmoqda k-savdo.soliq.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Ko‘chma savdo joylarining xaritalari bilan tanishish
  • advantage icon Ariza holatini real vaqt rejimida onlayn kuzatish
Portal haqida

Koʻchma savdo obyektlari axborot portali - ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish nuqtasi hisoblanadi.
“K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ko‘chma savdo obyektlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Jismoniy shaxs va yuridik shaxslar ko‘chma savdo joyini sotib olish maqsadida onlayn-auksionda qatnashish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron arizani yuboradi va zakalat summasini to‘laydi. Arizalarni qabul qilish muddati davomida Joylashish sxemalari doirasida ko‘chma savdo joylarini sotish bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etadi.
 

Portalning maqsad va vazifalari

  • ko‘chma savdo va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish, bunday faoliyat turlariga tadbirkorlarni keng jalb qilish;
  • auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi uchun to‘lovlarning amalga oshirilishi, shuningdek, pul mablag‘larini qaytarish;
  • tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi guvohnoma yuborish;

ko‘chma savdo joylashish sxemasida mavjud bo‘sh turgan va band qilingan ko‘chma savdo joylari to‘g‘risida ma’lumot olish.

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

“K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chma savdo sxemasi doirasida va savdo joyini aniq ko‘rsatgan holda elektron blankni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, savdo obyekti sxemasini koʻrib chiquvchi va kelishuvchi vakillar (hokimiyat, ichki ishlar va b.) uchun login parol va ERI orqali kirish imkoniyati mavjud.
 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun buyurtma berish
  • opportunity icon Auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi uchun to‘lovlarning amalga oshirilishi, shuningdek, pul mablag‘larini qaytarish
  • opportunity icon Tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi guvohnoma yuborish
  • opportunity icon Ko‘chma savdo joylashish sxemasida mavjud bo‘sh turgan va band qilingan ko‘chma savdo joylari to‘g‘risida ma’lumot olish