“e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi “daladan eksportgacha” butun zanjirni qamrab oladi, bu orqali karantin hududlarining elektron xaritasini, eksportga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xavfli zararli organizmlarning tarqalish hududlarini, shuningdek, ulardan xoli hududlarni saqlashni ta’minlaydi. AAT eksport-import operatsiyalarini onlayn nazorat qilish imkoniyatini beruvchi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Ushbu tizim orqali dala nazorati amalga oshiriladi, ruxsat etish xususiyatiga ega elektron hujjatlar va sertifikatlar rasmiylashtiriladi. Shuningdek, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi
va Agentlik inspektorlari o‘rtasida masofadan turib elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
“e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi – Agentlik tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllantiradi. AAT fitosanitariya nazorati ostida bo‘lgan obyektlarning mavjudligi yoki yo‘qligini avtomatik ravishda kuzatib boradi. AAT shuningdek, internetda ma’lumot qidirish va statistik hisobotlarni joriy etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, Agentlikning “e-Fitouz” AAT fitosanitariya sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘zaro almashish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Argus-fito” tizimi hamda O‘simliklar karantini
va himoyasi “ePhyto Solutions” Xalqaro konvensiyasiga (125 dan ortiq mamlakat) integratsiya qilingan.
Tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabinet orqali quyidagi funksiyalardan to‘liq foydalanishlari mumkin (cabinet.karantin.uz): elektron arizalarning holatini ko‘rish, oferta shartnomalarini rasmiylashtirish, ko‘rsatilgan xizmatlar ma’lumotlari, murojaatlar tarixi, balans monitoringi va boshqalar.
Maqsad: o‘simliklarni himoya qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni samarali boshqarishni ta’minlash orqali byurokratiyani kamaytirish
va korrupsiyani bartaraf etishga erishish.
Vazifalar: Fitosanitariya choralarini samarali va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon mahsulotlarining eksport-import jarayonlarini onlayn nazorat qilish.
O‘simlik karantini obyektlari va boshqa zararkunandalarni yo‘q qilish maqsadida kimyoviy vositalardan foydalangan holda o‘simliklarni, saqlash joylarini zararsizlantirish (fumigatsiya) monitoringi va nazoratini olib borish.
Mahsulotlarni eksport qilish va import qilishni osonlashtirish maqsadida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni onlayn shakllantirish.
Fitosanitariya holatini ta’minlash uchun karantinga olingan hududlar
va xavfli zararkunandalardan xoli hududlarning elektron xaritasini yuritish.
Qidirish, statistik hisobot berish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun eksport-import ma’lumotlariga markazlashtirilgan kirishni joriy etish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring qilish.
Karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitariya talablariga mos kelmasligi to‘g‘risida xabar berish tartib-taomillarini joriy etish.
O ‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport-import qilish jarayonlarini jadallashtirish.
Fitosanitariya nazorati tizimini takomillashtirish.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (karantin ko‘rigi dalolatnomasi, fitosanitariya sertifikatlari, ekspertizalar va boshqalar) qalbakilashtirish holatlarini oldini olish.
Har xil turdagi qog‘ozbozliklarga chek qo‘yish.
Xodimlar uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan berilgan ERI orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun: shaxsiy kabinet (cabinet.karantin.uz) xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim.