solution icon
"Elektron hukumat" foydalanuvchilarining yagona identifikatsiya tizimi
Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) barcha foydalanuvchilar uchun davlat organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga onson identifikatsiyadan o‘tishni tashkil etishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan id.egov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Xavfsizlik va haqiqiylik
  • advantage icon Bitta akkaunt - barcha elektron hukumat tizimlari
  • advantage icon Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish
  • advantage icon Boshqa saytlar bilan integratsiya
Yagona identifikatsiya tizimi

OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etishda foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan login, parol, F.I.SH, JSHSHIR va hokazolarni oldindan OneIDda ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneIDdagi o‘z akkaunti login va parolini kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi. OneID veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini ham beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida afzal topilgan autentifikatsiya turini ko‘rsatish kerak.

Tizimning maqsad va vazifalari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilarni  onson identifikatsiyadan o’tishini tashkil etishda qulaylik yaratish vazifasini bajaradi

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini Yagona identifikatsiya tizimi - OneID-da, jumladan login, parol, F.I.Sh., JSHSHIR va hokazolarni biriktirgan holda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egalar

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • opportunity icon Jamoatchilik fikri portali
  • opportunity icon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
  • opportunity icon O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali
  • opportunity icon O‘zbekiston Respublikasi garov reestri